"Qizilqum" - "Bunyodkor" uchrashuviga kirish bepul

Xayrulla Xoliqov
26 iyun 2021, 14:03
Bugun Superliga 11-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Bunyodkor" bahsi bo'lib o'tadi.

"Qizilqum" klubi rahbariyati mazkur o'yinga muxlislarni yanada qiziqtirish maqsadida stadionga kirishni bepul qildi. Bugun Navoiydagi markaziy stadionda shiddatli bahs kechishi kutilmoqda. 

O'yinning boshlanish vaqti ham odamlar uchun qulay. Kechki salqinda stadionga borib, soat 20:00da start oladigan bellashuvni maza qilib tomosha qilishga nima etsin. "Qizilqum" PFK Navoiy jamoasiga befarq bo'lmagan muxlislarni bugungi ajoyib futbol uchrashuviga chorlab qoladi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia