Qarshida anshlag kutilmoqda: 10 mingdan ziyod chipta sotildi

Tolibjon Qosimov
17 noya 2017, 15:39
Yakshanba, 19 noyabr kuni Qarshi shahrida tabir joiz bo'lsa, ikkinchi davraning eng asosiy o'yini bo'lib o'tadi.

Unda mezbonlar "Nasaf" klubi Toshkentning "Paxtakor" jamoasini qabul qiladi. Ana shu uchrashuvga chiptalar kechadan sotuvga chiqarilgan edi. Olingan oxirgi ma'lumotga ko'ra, chiptalarning 10 mingdan ortig'i sotib bo'lingan.

Olingan oxirgi ma'lumotga ko'ra, chiptalarning 10 mingdan ortig'i sotib bo'lingan.

O'zingizga ma'lum, "Markaziy" stadionga 21 ming ziyod tomoshabin sig'adi. Agar futbol ishqibozlari shunday faollik ko'rsatishsa, ertaning o'zida chiptalar sotib bo'linishi kutilmoqda.

Qo'shimcha tarzda shuni ma'lum qilamizki, o'yin kuni chiptalar sotuvga chiqarilmaydi.

Chiptalarni faqat "Markaziy" stadion qoshidagi chiptaxonalardan xarid qilish tavsiya etiladi.

Eslatib o'tamiz, "Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvi 19 noyabr kuni "Markaziy" stadionda soat 14:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fcnasaf.uz