PSJning Fransiya chempionatidan chiqib ketmasligi aniq bo'ldi va endi ular Mbappeni xarid qilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
18 fev 2018, 13:53
PSJ Fransiya chempionatining 26-tur uchrashuvida "Strasburg"ni 5:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Parijliklar 68 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilik qilishmoqda. Ularning eng yaqin taqibchisi "Monako" Parij jamoasida 12 ochko orqada.

Endi PSJ Mbappeni sotib olishi mumkin, chunki "Monako" hamda parijliklar o'rtasidagi Kilian Mbappe ijara shartnomasida bir shart bajarilganidan so'ng Fransiya poytaxti klubi hujumchini sotib olishi mumkin edi. Unga ko'ra, PSJ joriy mavsum quyi ligaga tushib ketmasligi kerak. Parij jamoasi qolgan barcha uchrashuvlarda mag'lub bo'lsa ham bu mavsum ikkinchi divizionga tushib kyetmaydi.

Eslatib o'tamiz, "Monako" 19 yoshli hujumchi transferidan 180 mln. evro ishlab oladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com