“PSJ” Oblak uchun Pastoreni “Atletiko”ga taklif etmoqda

Aslanov Jasurbek
10 avg 2017, 22:08
“PSJ” yarim himoyachisi Xaver Pastore faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

“PSJ” rahbariyati “Atletiko” posboni Yan Oblakni sotib olish uchun 100 million evrodan voz kechmoqchi emas. Shu sabab parijliklar Oblakning narxini pasaytirish uchun Pastoreni “Atletiko”ga transfer qilib, darvozabon uchun kamroq mablag' to'lash niyatida.

Ilgariroq Pastore o'zi to'p tepadigan 10-raqamni jamoaning yangi a'zosi Neymarga berishga rozi ekanligi ma'lum bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Terra