PSJ germaniyalik futbolchisini sotib yubormoqchi

Alisher
8 sen 2020, 18:00
"Pari Sen-Jermen" yarim himoyachisi Yulian Draksler transferlar oynasida klubdan ketishi mumkin.

Fransiya klubi maoshlar miqdorini pasaytirish uchun 26 yoshli futbolchini sotib yuborishni xohlamoqda. Yulianning shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. O'yinchining xizmatlariga "Bayer" qiziqish bildirmoqda.

Draksler PSJda 2017 yildan beri o'ynaydi, bunga qadar esa "Volsfburg" va "Shalke" jamoalarida to'p tepgan. 2012 yildan beri esa Germaniya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Germaniyalik yarim himoyachi yakunlangan mavsum Fransiya chempionati doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Le10sport.com