PSJ “Ayaks” futbolchisiga ko'z tikdi

5 noya 2019, 08:42
Parijliklar darvoza chizig'ini kuchaytirish niyatida.

“De Telegraaf” xabariga ko'ra, PSJ klubi “Ayaks” darvozaboni Andre Onananing xizmatlariga jiddiy qiziqib qoldi. Parijliklar Onananing Keylor Navasga munosib raqobat taqdim eta olishi ishonmoqda. PSJ ushbu transferni 2020-yil yozida amalga oshirishga harakat qilib ko'radi.

Onanaga PSJdan tashqari “Tottenxem” ham da'vogar bo'lib turibdi.

Posbon joriy mavsum “Ayaks” safida Niderlandiya chempionatining 12 ta o'yinida maydonga tushib, 5 ta bahsda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: De Telegraaf