PSJ Abduqodir Husanovga qiziqish bildirmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
26 noya 2024
Abduqodir Husanov Parijga ko'chib o'tishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, PSJ O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Abduqodir Husanovga qiziqish bildirmoqda. "Lans"da ishonchli o'yinlari bilan parijliklar skautlari e'tiborini tortgan Abduqodirning transferi 20 mln evroga baholanmoqda.

Hamyurtimiz joriy mavsum "Lans" tarkibida Liga 1 hamda Konferenciyalar Ligasining 12 uchrashuvida maydonga tushdi. E'tiborlisi, ulardan 9 tasida Abduqodir o'yinni asosiy tarkibda boshlagan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Abduqodir Husanov oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Foot Mercato