Prevyu: “Oq-tepa” – “Xorazm”

Narzulla Saydullayev
15 okt 2013, 11:58
Ertaga jamoamiz O'zbekiston Birinchiligining ikkinchi bosqich, 14-tur doirasidan o'rin olgan bellashuvda “Xorazm”ni qabul qiladi.
Mazkur raqiblar 1-liga bahslarida shu kunga qadar 9 marta to'qnash kelishgan. Dastlabki to'qnashuv 2007 yilgi mavsumga to'g'ri keladi. O'shanda safardagi bahsda hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqada g'alabani qo'ldan boy bergan jamoamiz Toshkentda birgina penalti tufayli yutqazib qo'ygan. 2008 yilgi uchrashuvlarda har ikki jamoa o'z uyidagi bellashuvlarda g'alaba nashidasini surgan. Toshkentda 4:1 hisobida “Oq-tepa” g'alaba qozongan bo'lsa, Urganchdagi o'yinda 3:2 natijasi qayd etilgan. 2011 yil endi “Xorazm” vakillarimizdan yaqqol ustunlik qilib, umumiy hisobda “Oq-tepa” darvozasini 6 marta ishg'ol qilgan. O'tgan yili ham tomonlar o'z maydonlarida g'alaba nashidasini surishgan. Bu yil birinchi davradagi o'yin natijasidan muxlislarimizning xabari bor. Urganchda maydon egalari ishqibozlarga gollar shousini uyushtirib bergandi – 5:1.

O'zaro o'yinlar natijasiga ko'ra, ustunlik hozircha “Xorazm” tomonida. Urganchliklar hisobida 6ta g'alaba bor. Jamoamiz raqibdan ikki marta ustun kelishga muvaffaq bo'lgan. Yana bir bellashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan. Ushbu bahs o'zaro uchrashuvlardagi birinchi o'yinga to'g'ri keladi. Darvozalarni ishg'ol qilish borasida ham ustunlik xorazmliklar tarafida bo'lib turibdi – 11x20.

O'zaro bahslarda eng ko'p golga Vladimir Gavrilov hamda Ro'zimboy Ahmedov mualliflik qilgan – 4tadan. Ahamiyatlisi, ayni vaqtda “Oq-tepa” futbol maktabi direktori lavozimida faoliyat ko'rsatayotgan Vladimir Vladimirovich ikkala jamoa safida ham o'ynab, darvozalarni 4 martadan ishg'ol qilishga muvaffaq bo'lgan va o'z hisobiga 8ta gol yozib qo'ygan. Ro'zimboy Ahmedov esa, “Xorazm” safida “Oq-tepa” darvozasini 4 bor nishonga olgan.


2007 YIL
17-tur. 19 iyun
XORAZM - OQ-TEPA - 2:2 (1:2)
Urganch. 3000 tomoshabin.
Bosh hakam:
Ildar Shamsiev - 8,5.
Gollar: Alisher Bozorov, 2 – 0:1. Samandar Akbarov, 12 – 0:2. Bekzod Otaniyozov, 23 – 1:2. Ro'zimboy Ahmedov, 90+3 – 2:2.


23-tur. 18 avgust
OQ-TEPA - XORAZM - 0:1 (0:1)
Toshkent. 100 tomoshabin.
Bosh hakam
: Andrey Bukatin - 7,9.
Gol: Ro'zimboy Ahmedov, 37-penaltidan – 0:1.
Foydalanilmagan penalti: Zokir Mirzaahmedov, 7 (“Oq-tepa”).


2008 YIL
11-tur. 31 may
OQ-TEPA - XORAZM - 4:1 (1:0)
Toshkent. 72 tomoshabin.
Bosh hakam:
Xolmat Mirzaahmedov - 8,2.
Gollar: Vladimir Gavrilov, 8 – 1:0. Mansur Aliboev, 48 – 2:0. Vladimir Gavrilov, 75 – 3:0. Mansur Abdullaev, 82 – 3:1. Vladimir Gavrilov, 90+2 – 4:1.

 
24-tur. 7 sentyabr
XORAZM - OQ-TEPA - 3:2 (1:0)
Urganch.
Bosh hakam:
Amriddin Saydaliev - 8,2.
Gollar
: Ro'zim Ahmedov, 23 – 1:0. Shuhrat Abdumurotov, 63 – 1:1. Ro'zim Ahmedov, 78-penaltidan – 2:1. Vladimir Gavrilov, 85 – 2:2. Odil Otajonov, 90+3 – 3:2.


2011 YIL
5-tur. 4 sentyabr
OQ-TEPA – XORAZM – 0:2 (0:1)
Toshkent. 73 tomoshabin.
Bosh hakam:
Temur To'xtasinov (Andijon) – 8,3.
Gollar: Mansur Abdullaev, 28 – 0:1. Vladimir Gavrilov, 90+3 – 0:2.

 
12-tur. 8 oktyabr
XORAZM – OQ-TEPA – 4:0 (3:0)
Urganch. 1709 tomoshabin.
Bosh hakam:
Akmal Kenjaev (Navoiy) – 8,3.
Gollar: Vladimir Gavrilov, 7 – 1:0. Vladimir Gavrilov, 18 – 2:0. Vladimir Gavrilov, 58 – 4:0. Marks Quronboev, 24 – 3:0.
 

2012 YIL
5-tur. 5 sentyabr
OQ-TEPA – XORAZM – 2:1 (0:0)
Toshkent. 253 tomoshabin.
Bosh hakam:
Hasan Ro'ziev (Toshkent).
Gollar: Zokir Mirzaahmedov, 53-penaltidan – 1:0. Murod Bobojonov, 57 – 1:1. Zokir Mirzaahmedov, 90+1-penaltidan – 2:1.
 

12-tur. 10 oktyabr
XORAZM – OQ-TEPA – 1:0 (1:0)
Urganch. 354 tomoshabin.
Bosh hakam:
Sergey Ivlev (Navoiy).
Gol: Dmitriy Kraev, 13 – 1:0.

 
2013 YIL
3-tur. 21 avgust
XORAZM – OQ-TEPA – 5:1 (4:0)
Urganch. “Olimpiya” stadioni. 1053 tomoshabin.
Bosh hakam:
Nikolay Meshkov (Samarqand).
“Oq-tepa”: Valeriy Karpenko, Vadim Lyubinskiy, Shavkat Raimqulov, Alisher Alimov (Aleksey Loktionov, 55), Andrey Shashkov, Nikita Pavlenko (Shohruh Pirnazarov, 76), Bobur Abdurahmonov, Vadim Nichunaev (Azamat Mamajonov, 54), Maruf Ahmadjonov (Shohruz Norxonov, 60), Zokir Mirzaahmedov, Xushnud Mamatov (Ilhom Rajabov, 68).
Gollar: Marat Hoshimov, 3 – 1:0. Aziz Jo'raev, 13 – 2:0. Murod Bobojonov, 17 – 3:0. Qadamboy Nurmetov, 38 – 4:0. Marks Quronboev, 47 – 5:0. Zokir Mirzaahmedov, 56 – 5:1.
Foydalanilmagan penalti: Marks Quronboev, 47.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oq-tepa.uz