Sardor Rahmonov faoliyatini Toshkent klubida davom ettiradi

Iskandarov Abdulaziz
27 yanv 2026, 09:55
Superliga startiga 1 oy qoldi.

Ayni paytda jamoalar tayyorgarlikning asosiy bosqichini olib borishmoqda. Tarkibdagi bo'shliqlarni to'ldirish borasida ham ishlar to'xtamagan. O'tgan mavsumni OKMK va "So'g'diyona" jamoalarida o'tkazgan himoyachi Sardor Rahmonov faoliyatini Toshkentning "Bunyodkor" klubida davom ettiradi. Tomonlar muzokaraning oxirgi bosqichini olib bormoqda. Shundan so'ng rasman shartnoma imzolanadi.

Rahmonov 2025 yil Superligada 19 ta o'yinda maydonga maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia