Poytaxtimizda OFKning "B" sertifikati bo'yicha xalqaro murabbiylik kurslarining yakuniy qismi boshlandi

Narzulla Saydullayev
22 fev 2019, 12:57
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimizda murabbiylik sohasini rivojlantirish, murabbiylar mahoratini oshirish bo'yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, bugun 22 fevral kuni Toshkentdagi "Chig'atoy" sport majmuasida "B" sertifikati uchun OFKning xalqaro murabbiylik kurslarining uchinchi - yakuniy qismi boshlandi. Mazkur kurslarda 24 nafar murabbiy qatnashmoqda.
 
Murabbiylik kurslarini FIFA va OFK instruktori Islom Ahmedov olib bormoqda. Unga Oybek Davletmurodov yordam beryapti. O'quv kurslari shu yilning 1 mart kuniga qadar davom etadi. Imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tgan murabbiylar OFKning "B" sertifikatiga hamda O'FAning murabbiylik licenziyasiga ega bo'lishadi.  

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz