Portugaliya. 7-tur yakunlari. "Portu"ni mag'lub etgan "Benfika" peshqadam bo'lib oldi

Narzulla Saydullayev
8 okt 2018, 12:15
Dam olish kunlari Portugaliyada 7-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

championat.asia mazkur tur yakunlarini taqdim etadi.

Bu turda muxlislar chempionatning eng markaziy uchrashuvlaridan biriga guvohi bo'lishdi.

Lissabondagi "Eshtadiu da Luj" stadionida "Benfika" va "Portu" klublari to'qnash kelishdi. Qiziqarli va keskin o'tgan bahs taqdirini yagona gol hal qildi. "Benfika"ning shveytsariyalik hujumchisi Xaris Seferovich 62-daqiqada Iker Kasilyas qo'riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi - 1:0. Aslida Seferovich birinchi taym oxiridayoq hisobni ochishi mumkin edi, biroq uning zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi. Uchrashuv davomida "Benfika" raqibidan ko'ra ko'proq golli vaziyatlar yaratdi. Uchrashuv tugashiga 8 daqiqa qolganida bosh hakam "burgutlar" himoyachisi Kristian Lemani maydondan chetlatdi. Sondagi ustunlikdan "Portu" foydalana olmadi va mavsumdagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. "Benfika" esa peshqadam "Braga"ga ochkolar bo'yicha yetib oldi va to'plar nisbatiga ko'ra birinchi o'ringa chiqdi.



"Braga" bu turni o'z uyida "Rui Avi"ga qarshi o'tkazdi. Kuchli uchlikka kirish uchun kurashayotgan mehmonlar mazkur bahsda "Braga"dan ikki ochko tortib olishning uddasidan chiqishdi - 1:1. So'nggi daqiqalarda maydon egalari hujumchisi Rikardu Esgayu qizil kartochka olib maydonni tark etdi.


PORTUGALIYA. 7-TUR JUFTLIKLARI
5 oktyabr
 TONDELA - NASONAL 1:1
Gollar: 
David Brunu, 62 (1:0). Kalindi, 65 (1:1).

SANTA-KLARA - SHAVISH 1:0
Gol: 
Fernando, 73 (1:0).

FEYRENSI - BELENENSISH 0:0

6 oktyabr
 SETUBAL - MOREYRENSE 3:0
Gollar:
Xildebertu, 35 (1:0). Xildebertu, 71 - penalti (2:0). Xildebertu, 85 (3:0).
 
MARITIMU - GIMARAYNSH 1:3
Gollar
: Gedesh, 11 (0:1). Gedesh, 69 (0:2). Andre, 80 - penalti (0:3). Korrea, 90+2 (1:3).

BRAGA - RIU AVI 1:1
Gollar:  
Orta, 28 (1:0). Dala, 34 (1:1).

7 oktyabr
BOAVISHTA - AVESH 1:0
Gol:
Bruno Gomes, 71 - avtogol (1:0).

PORTIMONENSI - SPORTING 4:2
Gollar: 
Manafa, 30 (1:0). Nakadzima, 44 (2:0). Montero, 64 (2:1). Nakadzima, 82 (3:1). Koates, 88 (3:2). Karlos, 90+3 (4:2).

BENFIKA - PORTU
Gol: 
Seferovich, 62 (1:0).
Benfika: Vlaxodimos - Almeyda, Lema, Diash, Grimaldo - Salvio, Picci (Semedo, 82), Feysa, Servi (Silva, 59 - Gabriel, Seferovich (Samaris, 90).
Portu: Kasilyas - Pereyra, Militao, Felipe, Telles - Otavio (Oliveyro, 52), Errera, Pereyra (Korona, 70), Braimi - Soares (Pereyra), Marega.
Ogohlantirishlar: Grimaldo, Lema, Silva - Kasilya, Otavio, Pereyra, Errera, Braimi
Chetlatish: Lema (2SK) 82


TAS-IX

 


TAS-IX emas






PORTUGALIYA CHEMPIONATI. 
MUSOBAQA JADVALI


PORTUGALIYA CHEMPIONATI. TO'PURARLAR POYGASI

5    

Diego Souza (Braga)

4    
Vensan Abubakar (Portu)
Syoya Nakadzima (Portimonensi)
Rikardu Orta (Braga)
Uilson Eduardu (Braga)
Luish Picci (Benfika)


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia