Pogba: "Balki bu mundial men uchun so'nggisi bo'lishi mumkin"

Mirjalol Normatov
24 iyun 2018, 17:30
Fransiya termasi yarim himoyachisi Pol Pogba faoliyatidagi so'nggi mundialda o'ynayotgan bo'lishi mumkin.

"Biz jahon chempionatida o'ynayapmiz. Balki bu mundial men uchun so'nggisi bo'lishi mumkin. Men bu termada bo'layotganimdan baxtliman. Shu yigitlar, davlatim uchun oxirigacha kurashishga tayyorman. Qaytaraman, bu mundial men uchun oxirgisi bo'lishi mumkin.

Men realist insonman. Balki men jarohat olishim mumkin, yoki mendan-da kuchliroq futbolchi kelishi mumkin. O'z orzuimga etdim va ikkinchi marta mundialda qatnashdim. Orzularim amalga oshganimdan xursandman", - dedi Pogba.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru