Piter Lim “Atletiko” – “Valensiya” o'yiniga tashrif buyurdi

Tolibjon Qosimov
15 yanv 2014, 11:20
Singapurlik tadbirkor Piter Lim Ispaniya Kubogi doirasida bo'lib o'tgan “Atletiko” va “Valensiya” (2:0) o'rtasidagi o'yinga tashrif buyurdi.
“Valensiya” klubini sotib olishga qiziqayotgan tadbirkor, bugungi o'yinni agent Jorje Mendesh va “ko'rshapalaklar” prezidenti  Amadeo Salvo bilan birga o'tirib kuzatgan.

Ta'kidlab o'tamiz, agar Lim klubni sotib oladigan bo'lsa, jamoa tarkibini yaxshilash uchun 50 million evro ajratadi.

“Valensiya”ni Limaga sotish qarorini Bankia banki chiqaradi. Eslatib o'tamiz, klubning ushbu bankdan 300 million evro qarzi bor.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru