Pishur va Golban “Navbahor” bilan xayrlashdi

Narzulla Saydullayev
2 iyul 2016, 16:20
Kecha oliy liganing birinchi davra o'yinlari yakuniga etdi.

Jamoalar tanaffusga chiqdi. “Navbahor”da yangi murabbiy shtabi ish boshladi. Ravshan Bozorov endilikda jamoa natijalariga mas'ul shaxs sifatida gavdalanadi. Bozorovning aytishicha, kecha Oleksandr Pishur bilan Igor Golban o'z yurtiga qaytib ketgan. Endilikda ular jamoaga qaytmaydi. Rossiyalik himoyachi katta ehtimol bilan Qarshining “Nasaf” jamoasiga o'tishi mumkin. Shuningdek uni sobiq jamoasi “Qo'qon-1912” ham ortga qaytarishni istamoqda. Pishur borasida esa hozircha aniq bir ma'lumot yo'q.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia