

Ma'lumotlarga ko'ra, Peresga o'yin davomida Benitesning yulduzlarni almashtirishi yoki ularni umuman asosiy tarkibga kiritmasligi yoqmagan. Klub prezidenti "Rayo Valekano"ga qarshi bahsdan (10:2) so'ng Benitesdan nega Beylni almagtirganini so'ragan. Bundan tashqari, "Qirollik klubi" rahbari jamoa sobiq bosh murabbiyiga quyidagi so'zlarni aytgan: "Xames Rodrigesning futbolkalari qanchalik sotilishini bilasanmi? Kovachichniki esa umuman sotilmaydi".



