

Pepe o'z safiga qo'shib olish uchun Angliya va Fransiya klublari ham harakat qilishdi. Ammo portugaliyalik futbolchi “Inter” taklifini qabul qildi. Ma'lum bo'lishicha, shartnomaning barcha bandlari kelishib olingach, bu haqda rasman xabar beriladi.
Pepe “Real”da 10 yil to'p tepdi va ikki bor Chempionlar ligasida zafar quchdi.U jamoa bilan Kardiffda o'tadigan YCHL final uchrashuvidan keyin xayrlashadi.



