Pellegrini: “VAR tizimi bo'lganida biz MYUni mag'lub etgan bo'lardik”

14 apr 2019, 07:44
“Vest Xem” bosh murabbiyi Manuel Luis Pellegrini MYU (1:2) qarshi bellashuv natijasidan norozi bo'ldi.

“O'ylashimcha, biz g'alaba qozonishimiz va uch ochkoni qo'lga kiritishimiz lozim edi. Biz “Old Trafford”da MYUga qarshi yaxshi futbol namoyish etsakda, afsuski, g'alaba qozona olmadik. 

Men hakamlardan nolimoqchi emasman, chunki ularning barchasida qiyin qarorlar qabul qilishlariga to'g'ri keladi. Ammo Xuan Mata bilan bog'liq vaziyatda penalti yo'q edi va biz kiritgan golda hech qanday ofsayd bo'lmaganldi. Agar APL o'yinlarida VAR  tizimi qo'llanilganida edi biz bu o'yinda g'olib chiqardik.

Biz to'p bilan ko'proq muomalada bo'ldik, vaziyatlarni yaratdik. Ammo g'alaba qozonishimiz uchun biroz omad yetishmadi.

Evrokuboklarga yo'llanma beradigan o'rinlar uchun kurashish endi qiyinroq bo'ladi. Ammo maqsadim mavsumni imkon boricha yuqoriroq pog'onada yakunlash va buning uchun kurashamiz”, dedi Pellegrini “BT Sport”ga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Manba: ВВС