Pellegrini: Menga bosim qilishi mumkin bo'lgan bitta inson bor

Narzulla Saydullayev
11 fev 2015, 09:38
Manchester Siti ustozi Manuel Pellegrini kelajagi haqida gapirib berdi.
Ikki yildan buyon aytib kelaman, hech qanday bosim his qilayotganim yo'q. Bosim qilishi mumkin bo'lgan yagona odam bu mening o'zim. Jamoam yomon o'ynayotganini ko'rsam bundan g'azablanaman.

Menimcha biz yaxshi holatdamiz, hamon YCHLda ishtirok etayapmiz. Agar chorshanba kuni Stokni mag'lub etsak, o'tgan mavsumda shu turda jamg'argan ochkolarimizdan 2 ochko kam bo'ladi.

Klubining ichida ham, uning tashqarisida ham bosim his qilayotganim yo'q, – deydi Pellegrini.

Oldinroq Manchester Siti rahbariyati Atletiko ustozi Diego Simeoneni klubga taklif qilmoqchi ekanligi haqida xabarlar chiqqandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru