Pellegrini Maskeranoni kelayotganini tasdiqladi

20 yanv 2018, 00:54
Xitoyning “Xebey Chayna Forchun” jamoasi bosh murabbiyi Manuel Pellegrinining tasdiqlashicha, uning klubi “Barselona” himoyachisi Xaver Maskeranoni o'z safiga qo'shib olishga ahd qilgan.

“Maskeranoni safimizga kelish qo'shilishini rejalashtirib turibmiz. Albatta “Barselona”da bu bilan bog'liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib turibmiz. Ammo u men juda ham tarkibmizda ko'rishni istagan futbolchilardan biri. U mening qo'l ostimda “Rivel Pleyt”da debyut o'yinini o'tkazgan edi. Maskerano yetakchi, u Xitoy Superligasiga tezda moslashib ketadi”, deya chililik mutaxassisning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri. 

Ilgariroq Maskerano 25 yanvar kuni Ispaniya kubogi doirasida “Kamp Nou”da “Barselona” tarkibida “Espanol”ga qarshi so'nggi uchrashuvini o'tkazishi haqida xabarlar tarqatilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca