Pellegrini: "Endi Gvardiola "Siti"dagi ishimni hurmat qiladi deb o'ylayman"

Aslanov Jasurbek
14 fev 2017, 17:12
"Manchester Siti" sobiq bosh murabbiyi, ayni damda "Xebey Chayna Forchun"ni boshqarayotgan Manuel Pellegrinining so'zlariga ko'ra, Angliya chempionatida g'olib bo'lish oson emas.

"Endi Gvardiola "Manchester Siti"dagi ishimni ko'proq qadrlaydi deb o'ylayman. APLda g'olib bo'lish oson emas. "Chelsi"ga e'tibor qarating. "Manchester Siti"ning puli hammanikidan ko'p deyishadi, lekin hozir katta pul sarflayotgan 5 ta jamoa bor. Gvardiola 15 ochko farq bilan chempion bo'ladi deyishgandi. Yo'q, Angliyada hammasi boshqacha" - deydi Pellegrini.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca