
72 yoshli braziliyalik Pele jahon futbolining 150 hamda Gruziya futbolining 115 yilligi munosabati bilan oktyabr oyining oxirida o'tkaziladigan yoshlar o'rtasidagi musobaqaning mehmoni sifatida Tbilisiga tashrif buyuradi.
Tashrif chog'ida Pele Gruziya hukumat rahbariyati vakillari, mamlakat futbol federatsiyasi vakillari bilan ham uchrashishi kutilmoqda.