"Paxtakor" safida serbiyalik himoyachi ko'rikdan o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
8 yanv 2017, 12:00
Toshkentning "Paxtakor" klubi tarkibida serbiyalik himoyachi Mario Maslach ko'rikdan o'tmoqda.

Bugun "Paxtakor" Qibrayda "Qo'qon-1912"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazmoqda. Maslach "sherlar" safida asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Mario 1990 yil 9 sentyabr kuni sobiq Yugoslaviya mamlakatining Novi Sad shahrida tug'ilgan. 190 sm bo'yga ega markaziy himoyachi professional faoliyatini 2008 yil "Vaternik" klubida boshlagan. Faoliyati davomida "Osiek" klubida ham o'ynagan Maslachning so'nggi jamoasi "Borac Chachak" bo'lgan. 2011 yil Serbiya yoshlar terma jamoasi safida maydonga tushgan. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia