
Chorshanba kunidan mashg'ulotlar boshlab yuboriladi. 18 oktyabrga qadar Qibrayda davom etadigan bu jarayonda bir nazorat uchrashuvi o'tkaziladi. Raqib nomi keyinroq e'lon qilinadi. Besh nafar futbolchimiz esa milliy terma jamoa safida Vetnamga qarshi bahsga tayyorgarlik ko'radi. Lobanov, Hoshimov, Iskanderov, Kozak va Sergeev terma jamoa yig'iniga taklif etilgan.