"Paxtakor" akademiyasi "Lokomotiv"dan ustun keldi

Narzulla Saydullayev
17 okt 2016, 17:16
Futbol maktablari o'rtasida shahar chempionatining 19-turida tarbiyalanuvchilarimiz "Lokomotiv"ni dog'da qoldirishdi.

5 yosh toifasidagi uchrashuvlarning 4tasida "Paxtakor" yoshlari zafar quchgan bo'lishsa, bir bellashuvda durang natija qayd etildi. O'yinlarda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:

2004 yil - 1:1
2003 yil - 4:0
2002 yil - 5:1
2001 yil - 3:0
1999/2000 yil - 2:1

20-turda "Paxtakor" akademiyasi jamoalari 23 oktyabr kuni 2-sport maktab internati tarbiyalanuvchilari bilan maydonga tushishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz