Paxtakor - 1997 Prezident Kubogida 3-o'rinni egalladi

Narzulla Saydullayev
19 sen 2013, 16:59
Jasur Abduraimov qo'l ostidagi Paxtakor futbol akademiyasining 1997 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat jamoasi Turkmaniston poytaxti Ashxobodda o'tkazilayotgan Prezident Kubogi turnirining 3-o'rin uchun kechgan bahsda Qirg'iziston o'smirlar terma jamoasini yirik - 6:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
11 sentyabr kuni start olgan Prezident Kubogi turniri bahslari o'z yakuniga etdi. Unda ishtirok etgan Paxtakor futbol akademiyasining 1997 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat jamoasi yakunda 3-o'rinni qo'lga kiritdi. Musobaqa yarim finalida mezbonlar - Turmaniston o'smirlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushgan Abduraimov shogirdlari 0:4 hisobida mag'lubiyatga uchragan edi. Musobaqada 3-o'rin uchun kechgan bahda Qirg'iziston o'smirlarini 6:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan Abduraimov shogirdlari turnirni sovrindorlar orasida yakunlashga muvaffaq bo'ldi.

Musobaqaning final uchrashuvida Turmaniston o'smirlar terma jamoasi Rossiya o'smirlar terma jamoasiga qarshi to'p suradi. Ushbu uchrashuv 19 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com