Pastore "Renn" bilan o'yinda jarohat oldi

Aslanov Jasurbek
31 yanv 2015, 12:12
PSJning argentinalik yarim himoyachisi Xaver Pastore "Renn"ga qarshi Fransiya chempionatining 23-tur uchrashuvida jarohat oldi.

O'yin parijliklarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Pastore 77-daqiqada maydonni tark etishga majbur bo'ldi.

"Mushaklar bilan kichik muammo bor edi. Hozircha jiddiy jarohat asorati yo'q, ammo biz to'liq tekshirishimiz kerak" - deydi PSJ bosh murabbiyi Loran Blan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com