Palmer o'z gol nishonlashini rasmiylashtirmoqchi

Mirjalol Normatov
13 dek 2024
"Chelsi" futbolchisi Koul Palmer "Cold Palmer" nomli brendga asos solmoqchi.

O'tgan mavsum davomida Palmer o'zining gol nishonlashi orqali "Sovuq Palmer" (Cold Palmer) laqabini oldi.

"The Sun" ma'lumotiga ko'ra, futbolchi huquq idoralariga murojaat qilib, o'zining gol nishonlash uslubini shaxsiy brendi sifatida yaratmoqchi ekanligi borasida ariza qoldirgan.

Hujjatlarga ko'ra, Palmer dieta maxsulotlari va ichimliklari, kiyim, o'yinchoqlar va kosmetika savdosi bilan shug'ullanmoqchi. Keyinchalik u avtomobil sohasiga ham kirib boradi.

O'z arizalarida futbolchi goldan keyin nishonlashining videolarini ham aks ettirgan. Bunday nishonlashni u "Manchester Siti"dagi sobiq jamoadoshi Morgan Rojersdan o'rgangan.

Koul bunday gol nishonlashini ilk marta "Chelsi" tarkibida "Luton"ga qarshi o'yinda amalga oshirgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun