O'zil murabbiy bilan kelishmovchilik sabab "Fenerbaxche"ni tark etmoqchi

Alisher
10 sen 2021, 16:53
Ushbu yilning qishida "Fenerbaxche"ga o'tgan Mesut O'zil turk jamoasidan ketmoqchi.

Nemis murabbiylar shtabi bilan janjallashdi va endi jamoada bo'lishni xohlamaydi. O'zil yaqinda olgan jarohatidan so'ng unga bo'layotgan munosabatdan norozi.

"Arsenal" va "Real" sobiq yarim himoyachisi endi faoliyatini MLS yoki Qatar chempionatida davom ettirishi mumkin.

Futbolchi joriy mavsum Turkiya chempionati doirasidagi 2ta o'yinda maydnoga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Diario