Ozil: "Bazida Zidan bilan suhbatlashib turaman"

Aslanov Jasurbek
3 dek 2017
"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut Ozil "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan bilan munosabatlari haqida aytib berdi.

Nemis 2010-2013 yillar davomida "Real" sharafini himoya qilgan.

"Zidan o'yinni boshqarishi meni hayron qoldirardi. Uning texnikasi va yaratuvchanligi juda kuchli bo'lgan. Bolaligimda men ham u kabi bo'lishni istaganman.

"Real"ga o'tganimda va u bilan uchrashganimda, asabiylashganman, ammo Zidan mehribon va xushchaqchaq edi. Bazida u bilan suhbatlashib turaman" - deydi Ozil.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Mgzn