O'zbekistonga Gana milliy terma jamoasi kelmaydi

Narzulla Saydullayev
19 mar 2021
Xabaringiz bor, 26 mart kuni O'zbekiston terma jamoasi Namanganda Gana bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Biroq mazkur o'yinda Gana milliy terma jamoasining asosiy tarkibi ishtirok etmaydi. Sababi 25 mart kuni Gana terma jamoasi Afrika Kubogi saralashi doirasida JAR mehmoni bo'ladi. O'zbekistonga esa Gana B yani ikkinchi terma jamoa tashrif buyuradi. Kecha Gana B terma jamoasi bosh murabbiyi Ibrohim Tanko O'zbekistonga keladigan 20 nafar futbolchi ro'yxatini e'lon qildi. Ro'yxatda faqat Gana klublarida o'ynaydigan futbolchilar joy olgan: 




O'z navbatida Gana milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Charlz Akonnor esa JAR va San-Tome va Prinsipi jamoalariga qarshi o'yinlar uchun chaqirilgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi. Ushbu ro'yxatda Portugaliya, Germaniya, Niderlandiya, Xitoy, Turkiya, Fransiya, Ispaniya, Angliya, Belgiya, Italiya kabi davlatlarda o'ynayotgan legionerlarni ko'rish mumkin: 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia