O'zbekiston U-23 qur'ada 3-savatchada bo'ladi

Narzulla Saydullayev
6 iyul 2015, 10:42
Osiyo futbol konfederatsiyasi 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichi uchun o'tkaziladigan qur'adan avval jamoalarni savatchalarga ajratdi.
Unga ko'ra, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 3-savatchadan o'rin oladigan bo'ldi. Ushbu savatchadan, shuningdek, Suriya, Eron, KXDR jamoalari ham joy oladi.

Savatchalar quyidagicha ko'rinish olgan:

1-savatcha: Qatar, Iroq, Saudiya Arabistoni, Iordaniya
2-savatcha: Janubiy Koreya, Avstraliya, Yaponiya, BAA
3-savatcha: Suriya, Eron, KXDR, O'zbekiston
4-savatcha: Tailand, Xitoy, Vetnam, Yaman

Eslatib o'tamiz, qur'a tashlash marosimi shu yilning 12 sentyabr kuni Qatarda o'tkaziladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com