O'zbekiston U-23 - Janubiy Koreya U-23. Uchrashuv qachon boshlanadi?

Narzulla Saydullayev
21 yanv 2018, 10:13
23 yanvar kuni U-23 Osiyo chempionatining yarim finalidan o'rin olgan ikki uchrashuv bo'lib o'tadi.

O'zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreya bilan, Qatar esa Vetnam bilan o'ynaydi. Bu o'yinlar soat nechida boshlanadi? 

G'alati holati shundaki bu borada OFK ikki xil vaqtni ko'rsatmoqda.


OFK rasmiy saytiga ko'ra O'zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanishi kerak.


OFKning tvittyerdagi rasmiy sahifasidagi rasmga ko'ra O'zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvi mahalliy vaqt bilan soat 19:30 (Toshkentda 16:30 bo'ladi) boshlanishi kerak.


Yaqin vaqt ichida bu borada yakuniy va aniq ma'lumot taqdim etishga harakat qilamiz. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia