O'zbekiston OTJ AGMKni yirik hisobda mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
17 mar 2019, 20:01
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun yig'in doirasida Olmaliqning AGMK jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishi haqida xabar berib o'tgandik.

"Paxtakor" stadionida kechgan o'yinda Lyubinko Drulovich shogirdlari 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Bundan avval olimpiya terma jamoamiz "Bunyodkor"ga qarshi nazorat o'yini o'tkazib, 1:0 hisobida g'alaba qozongandi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 22-26 mart kunlari Toshkentda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Vakillarimiz saralash bahslarida Hindiston va Tojikiston terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

O'rtoqlik o'yini

O'zbekiston OTJ – AGMK 3:0

Gollar:
Omonov Aziz 67, Qobilov Islom 76 (pen), Qodirqulov Sanjar 78 (pen).

O'zbekiston OTJ: Umidjon Ergashev, Dilshod Saitov, Islom Qobilov, Husniddin G'ofurov, Ilhom Alijonov, Jasur Yaxshiboev, Oybek Rustamov, Oston O'runov, Nurullo To'xtasinov, Islom Kenjaboev, Mirjahon Mirahmadov.

AGMK: Akbar To'raev, Akmal Shorahmedov, Sardor Rahmonov, Boburbek Yo'ldoshev, Dilshod Jo'raev, Mirolyub Kostich, Murodjon Toshmatov, Mirjamol Qosimov, Zohir Pirimov, Jasur Hasanov, Jasurbek Hakimov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz