O'zbekiston milliy terma jamoasi Qatarga uchib ketdi

Narzulla Saydullayev
4 sen 2016, 11:05
Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichi, ikkinchi tur o'yinini o'tkazish uchun Qatarga jo'nab ketdi.

Milliy terma jamoa charter reys bilan Dohaga yo'l oldi. Jamoa a'zolaridan – Aziz Haydarov sonining orqa qismidan olgan jarohati sababli 6 sentyabr kuni Qatarga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinga bormaydigan bo'ldi.

Terma jamoaning 23 nafar futbolchisi “Al Saad” stadionida bo'lib o'tadigan o'yinga yo'l oldi.

O'zbekiston milliy terma jamoasining Qatarga qarshi o'yin uchun tarkibi:

Darvozabonlar:
Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”)

Himoyachilar: Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”), Egor Krimec (“Beyjing Goan” – Xitoy), Anzur Ismoilov (“Changchun Yatay” – Xitoy), Azim Ahmedov (“Paxtakor”), Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” – Rossiya), Stanislav Andreev (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”).

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Krasnodar” – Rossiya),  Sardor Rashidov (“Al-Jaish” – Qatar), Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”), Jasur Hasanov (“Qizilqum”), Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”), Salamat Qutiboev (“Buxoro”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Server Jeparov (“Lokomotiv”)

Hujumchilar: Igor Sergeev (“Beyjing Goan” – Xitoy), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi” - Qozog'iston)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com