O'zbekiston Kubogi. 1/8 finalga chiqqan barcha jamoalar nomi ma'lum

Narzulla Saydullayev
16 apr 2018, 21:38
Formati o'zgartirilgan O'zbekiston Kubogining 1/16 finalidan o'rin olgan barcha o'yinlar yakuniga etdi.

1/16 finaldagi o'yinlarda raqiblarni mag'lub etgan 12ta klub nimchorak finalga yo'l oldi. 1/8 finaldan boshlab musobaqaga “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Paxtakor” va “Bunyodkor” klublari ham qo'shiladi.

Ushbu bosqichda Superliganing 9ta va PRO-liganing 7ta klubi ishtirok etadi. Qur'a tashlash jarayonida hech qanday savatchalar bo'lmaydi va istalgan jamoa istalgan raqibga tushib qolishi mumkin. 1/8 final bosqichiga qur'a tashlash marosimi “Sport” telekanalida jonli namoyish etiladi. Marosim 18 aprel kuni soat 20:00 da boshlanadi.

 

Nimchorak finalga chiqqan barcha klublar:

1.“Surxon” (PRO-liga)
2.“Dinamo” (PRO-liga)
3.“Qo'qon-1912” (Superliga)
4.“Sherdor” (PRO-liga)
5.“Mashal” (PRO-liga)
6.“So'g'diyona” (Superliga)
7.AGMK (Superliga)
8.“Andijon”(PRO-liga)
9.“Orol” (PRO-liga)
10.“Iftixor” (PRO-liga)
11.“Neftchi” (Superliga)
12.“Qizilqum” (Superliga)
13."Paxtakor" (Superliga)
14."Lokomotiv" (Superliga)
15."Nasaf" (Superliga)
16."Bunyodkor" (Superliga)



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia