O'zbekiston – BAA. Chiptalarni onlayn tarzda xarid qilish mumkin

Narzulla Saydullayev
27 fev 2014, 17:46
5 mart kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston – BAA uchrashuvi chiptalari 28 fevral, juma kunidan boshlab sotuvga chiqariladi.
Bu haqda O'FF rasmiy tvitteri xabar berdi.

Chiptalarini uchrashuv bo'lib o'tadigan “Bunyodkor” stadioni kassalaridan, soat 10:00dan 18:00gacha bo'lgan vaqt oralig'ida sotib olish mumkin.

O'zbekiston – BAA o'yini chiptalarini shuningdek, click.uz onlayn tizimi orqali ham harid qilishingiz mumkin.

Chipta narhlari: I toifa – 20 ming so'm II – III toifalar – 15 ming so'm SIP – 30 ming so'm.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – BAA uchrashuvi 5 mart kuni Bunyodkor stadionida bo'lib o'tadi. O'yin soat 17:00da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia