O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi Toshkentda yig'inni davom ettirmoqda

Narzulla Saydullayev
17 dek 2018, 13:02
O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi 15 dekabr kuni Toshkentda yig'in boshlagani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Yig'in davomida terma jamoaga nomzod futbolchi qizlar sinovdan o'tkazilmoqda.
 
Shamil Iseev boshchiligidagi O'FA Ilmiy guruhi tomonidan futbolchi qizlarning jismoniy holatini aniqlash maqsadida ulardan test sinovlari olindi. Sinov natijalari bosh murabbiy Bahrom Norsafarovga taqdim etildi.

Futbolchi qizlarning jismoniy holatini yanada yaxshilash maqsadida Olimpiya terma jamoasiga  fitnes bo'yicha maxsus murabbiy jalb etilganini ham ta'kidlab o'tish zarur. Mazkur murabbiy yordamida futbolchilar faol tarzda mashg'ulotlar olib borishmoqda.
 
Trenajer zalida olib borilayotgan mashg'ulotlar ko'tarinki kayfiyatda o'tayotganini ham ta'kidlab o'tish zarur.
 
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi kelasi yilning aprel oyida Tokio-2020 olimpiada saralashining 2-bosqichida ishtirok etadi. 2-bosqich saralash bahslariga 2019 yilning 13 fevral kuni qur'a tashlanadi.  



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz