

Samvel Babayan boshchiligidagi milliy terma jamoa ayni paytda "Markaziy" mehmonxonada bo'lib turibdi. Kechki payt soat 19:00da terma jamoa delegaciyasi Avstriya tomon yo'lga chiqadi.
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekiston Avstriyadagi yig'in chog'ida Germaniya bundesligasi vakili Dortmundning "Borussiya" va Rossiya premer ligasi ishtirokchisi "Ufa" klublariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazadi. Germaniyaning "Karlsrue" klubi bilan ham o'yin rejalashtirilgan.
Jamoa 22 iyul kuni Toshkentga qaytib keladi. Avstriyaga uchib ketadigan tarkibni oldinroq saytimizda e'lon qilgandik.



