Oybek Rustamov "Qo'qon-1912" bilan shartnomasini ikki yilga uzaytirdi

Alisher
10 fev 2022, 18:46
Yangi mavsumga tayyorgarlik olib borayotgan "Qo'qon-1912" jamoasi futbolchilar bilan rasmiy shartnomalar imzolashni davom ettirmoqda.

"Xususan jamoa yetakchilaridan biri, 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar  o'rtasida  Osiyo chempioni, "Mard o'g'lon" ordeni sohibi, Oybek Rustamov bilan tuzilgan shartnoma 2024 yilga qadar uzaytirildi.  Allaqachon "shunqorlar"ning himoya va yarim himoyada birdek  harakat qila oladigan universal futbolchisiga aylangan Rustamov yana ikki yilni Qo'qonda o'tkazadigan bo'ldi. 

Jamoamizning ahil oilasi hamda ko'p sonili muxlislarimiz nomidan Oybekjonga kelayotgan mavsumda sog'lik-salomatlik, jamoamiz bilan birga yuksak marralarni zabt etishida omad yor bo'lishini tilab qolamiz!", - deyiladi qo'qonliklar xabarida.




O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати