O'smirlarimiz Falastinga oltita gol urishdi

Narzulla Saydullayev
18 sen 2015, 20:50
O'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash bahslari doirasidagi Falastin U-16 - O'zbekiston U-16 uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yinning dastlabki bo'limida vakillarimiz raqib darvozasiga javobsiz 4ta gol urib o'yin taqdirini hal qilishdi. Ikkinchi bo'limda esa ikkita to'p kiritib yakuniy natijani o'rnatishdi - 6:0. 

Guruhimizdagi ikkinchi o'yinda Yaman Maldiv ustidan 6:0 hisobida ustun keldi. 

Temur Olimxo'jaev shogirdlari so'nggi turda Yamanga qarshi maydonga tushishadi. Ma'lumot uchun, saralash guruhlarida birinchi o'rinni olgan jamoalar keyingi yil Hindistonda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga yo'llanma oladi. Guruhlarda 5ta eng yaxshi natijaga erishgan 2-o'rin sohiblari ham qita chempionatiga yo'l olishadi.


19:00 - Falastin U-16 - O'zbekiston U-16 - 0:6

Gollar: Ixtiyor Xoldorov 13, Abdulhay Ismoilov 19, Abubakr Mo'ydinov 29, 33, Bahrom Soatov 82, Oston O'runov 89

Falastin U-16: 22.Umar Zaanin, 2.Amid Savafta, 7.Ahmad Aburdaxa, 9.Muhammad Abbosi, 10.Ahmad Almzayin, 13.Muhammad Hammo, 14.Osayd Yasin, 18.Mutaz Al Xourani, 21.Ahmad Abdukeshek, 24.Muhammad Svaiti, 41.Ahmad Eleyyan
Zaxira: 3.Suhail Yahyo, 6.Bashar Shobaki, 8.Jihod Buirat, 11.Ahmad Abduhasnein, 12.Amir Tebanja, 16.Abdurahmon Al Avavda, 19.Muhammad Almashvakhi, 20.Ahmad Alatavna, 25.Lath Hamshari, 27.Abdurahmon Solih, 32.Ibrohim Brika.

O'zbekiston U-16: 1. Xojiakbar Jo'raev, 2. Mardon Abdullaev, 3. Islom Karimov, 4. Ixtiyor Xoldorov, 5. Abubakr Mo'ydinov, 6. Oston O'runov, 7. Abdulhay Ismoilov, 8. Shuxrat Ne'matov, 9. Bahromjon Soatov, 10. Sobirjonov Asadbek, 50. Burxon Hasanov
Zaxira: 12.Jasurbek Umrzoqov, 13.Muhammadali Nomozov, 14.Ibrohim Turg'unboev, 15.Shohzamon Xayrullaev, 16.Nursulton Kuyliboev, 19.Daler Mirzaxo'jaev, 23.Rasul Yo'ldoshev, 26.Humoyun Abdusattorov, 32.Abdunozir Abdurahmonov, 33.Ibrohim G'anixonov, 36.Abdug'ani Kamolov, 40.Abduvohid Ne'matov.


#JamoaO'YUDMT-NO
1      
O'zbekiston       
2      
2     
0     
0     
14:0      
6     
2Yaman22008:06
3Falastin20020:80
4Maldiv20020:140

Osiyo chempionati saralash bahslari.

"A" guruhi taqvimi
16 sentyabr
19:00 - O'zbekiston - Maldiv 8:0
20:00 - Yaman - Falastin 2:0

18 sentyabr
18:00 - Maldiv - Yaman 0:6
19:00 - Falastin - O'zbekiston 0:6

20 sentyabr
21:00 - O'zbekiston - Yaman
21:00 - Falastin - Maldiv


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia