Osiyo o'yinlari. O'zbekiston U-23 termasining chorak finaldagi raqibi aniq!

Sherzod Nurmatov
28 sen 2023, 18:44
Osiyo o'yinlari nimchorak finalidan o'rin olgan Hindiston – Saudiya Arabistoni uchrashuvi yakuniga etdi.

Unda Saudiya Arabistoni Muhammad Maranning dubli evaziga Hindiston ustidan ishonchli g'alabaga erishdi. Shu tariqa, O'zbekiston U-23 terma jamoasi chorak finalda Saudiya Arabistoni bilan to'qnash keladigan bo'ldi. 

Osiyo o'yinlari

1/8 final

Hindiston – Saudiya Arabistoni 0:2

Gollar: Muhammad Maran 51', 57'

Timur Kapadze qo'l ostidagi termaning Saudiya Arabistoni olimpiyachilariga qarshi bellashuvi 1 oktyabr kuni 12:00 da boshlanadi. G'olib jamoa yarim finalda Koreya yoki Xitoy termasi bilan bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia