Osiyo o'yinlariga boradigan yoshi katta uch futbolchi ma'lum-mi?

Nadirkhuja Yuldashev
12 avg 2014, 19:46
Mirjalol Qosimov Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvda ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxatini ma'lum qildi.
Unga ko'ra, Fozil Musaev, Islom To'xtaxo'jaev va Ivan Nagaev terma jamoa yig'inida ishtirok etadilar. "Lokomotiv"ning bu a'zolarining barchasi 1991 yildan avval tug'ilganligini inobatga olsak, Qosimov mana shu uch futbolchini Osiyo o'yinlariga olib borishini bashorat qilishimiz mumkin.

Agarda bu uch futbolchi haqiqatdan ham Osiyo o'yinlariga boradigan bo'lsalar, "Lokomotiv" ham senyatbr oyidagi o'yinlarini boshqa kunlarga qoldirish huquqiga ega bo'ladi. Boisi, bir jamoadan 5 nafar futbolchi (23ga to'magan) terma jamoaga olinsa klub o'z o'yinlarini qoldirish huquqiga ega bo'ladi.

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia