Osiyo Kubogiga yana 29 kun! Kim qachon Avstraliyaga tashrif buyuradi?

Nadirkhuja Yuldashev
12 dek 2014, 17:16
Yanvar oyi Avstraliyada ayni futbol o'ynaydigan payt bo'ladi. Havo harorati o'rtacha 24-28 gradus issiqni tashkil etadi.

Ayni paytga kelib, mezbon Avstraliyadan tashqari qolgan 15ta terma jamoani qaysi kunlari bu qitaga tashrif buyurishi ma'lum bo'lib ulgurdi.

Hammadan erta Shimoliy Koreya terma jamoasi "Yashil qita"ga uchadi. Koreyslar rejaga ko'ra, 15 dekabrdan Avstraliyadagi mashg'ulotlarni boshlashadi. Ulardan keyin Quvayt (18 dekabr) va Bahrayn (22 dekabr) terma jamoalari "kengurular" yurtiga yetib boradilar. O'zbekiston va Yaponiya terma jamoalari esa eng kech, yani 2015 yilning 3 yanvar kuni manzilga yetib boradi.

Yangi yilga qadar, Xitoy, Eron, Iordaniya, Bahrayn, Quvayt, KXDR, Qatar, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, va BAA terma jamoalari Avstraliyaga yetib boradilar. 

O'zbekiston milliy terma jamoasi BAAda 17-29 dekabr kunlari musobaqa oldidan so'nggi yig'inini o'tkazib, Toshkentga qaytadilar. 1 yanvardan terma jamoamiz Toshkentda yig'iladi va ertasiga Avstraliyaga uchib ketadi.

BAAdagi ikkinchi yig'inga, deyarli optimal tarkib yo'l oladi. Zaxira uchun 2-3 nafar futbolchilar ham bo'ladi. Ikkinchi yig'inda uchta o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tishi haqida rasmiy xabarlar mavjud. Buni FIFA sayti ham tasdiqlagan.

O'zbekiston milliy terma jamoasining Avstraliyadagi bazasi Melbrunda joylashgan. Mirjalol Qosimov va uning jamoasi u yerda 8 yanvarga qadar bo'ladilar, shundan keyin Sidneyga uchadilar.

Bu safargi Osiyo Kubogi yangi tizimda o'tadi. Yani, har bir o'yin har xil shaharlarda bo'ladi. So'nggi JCHda sinab ko'rilgan bu tizim, garchand jamoalar uchun qiyinchilik tug'dirsa-da, marketing jihatdan tashkilotlarga yaxshi pul olib keladi.

Nodirxo'ja Yuldashev.



 

MTJ Yetib borish sanasi MTJ Bazasi
Avstraliya 27 dekabr Sidney
Bahrayn 22 dekabr Sidney
Xitoy 29 dekabr Adelaida
Eron 31 dekabr Melbrun
Iroq 1 yanvar Kanberra
Yaponiya 3 yanvar Kessnok
Iordaniya 23 dekabr Nyukasl
Quvayt 18 dekabr Kyunbeyan
KXDR 15 dekabr Kanberra
Ummon 28 dekabr Sidney
Falastin 2 yanvar Brisban
Qatar 28 dekabr Kanberra
Saudiya Arabistoni 26 dekabr Brisban
Janubiy Koreya 27 dekabr Brisban
BAA 26 dekabr Gold Koast
O'ZBEKISTON 3 yanvar Melbrun


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia