Osiyo Kubogi-2019ni ko'zlayotgan J.Koreya, Kavanisi bor Urugvayni mag'lubiyatga uchratdi

Nadirkhuja Yuldashev
12 okt 2018, 17:53
Hozirgina Seulda Janubiy Koreya mehmoni bo'lgan janubiy amerikaliklar 2:1 hisobida imkoniyatni boy berdilar.

Yaponiyada to'p tepayotgan Ui-Jo Xvang ikkinchi bo'limda koreyslarni oldinga olib chiqdi. 72-daqiqada "Inter" futbolchisi gol urdi, ammo 80-daqiqada "Al Sadd" sharafini himoya qilayotgan Jung Vu Yong Urugvay darvozasiga ikkinchi golni urib jamoasining g'alabasini taminladi.

Janubiy Koreya - Urugvay 2:1
Bosh hakam: 
Ali Fag'oni (Eron).
Gollar: Ui-Jo Xvang 66, Jung Vu Yong 80 - Matias Vesino 72.


Uchrashuv qaydnomasi

O'xshash yangiliklar


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia