Osiyo Kubogi-2019. O'zbekiston - Ummon o'yinidan beri davom etib kelayotgan qiziq statistika

Xayrulla Xoliqov
14 yanv 2019, 15:49
Bugundan Osiyo Kubogi guruh bosqichi 3-tur bahslariga start beriladi. Ortda qolgan o'yinlar natijasi bilan tanishib chiqar ekanmiz, g'alati statistikaga duch keldik.

E'tibor bering, O'zbekiston - Ummon (2:1) uchrashuvidan beri shu paytgacha 13ta o'yin o'tkazilgan bo'lsa, shularning hammasida tomonlardan biri gol urib ikkinchisi ura olmadi. Yani, O'zbekiston - Ummon bahsida ikkala jamoa ham to'p kiritishga muvaffaq bo'lgandi. Undan keyin ketma-ket 13ta bellashuvda faqat bir jamoa to'p kirita olyapti.

Quyida O'zbekiston - Ummon uchrashuvidan so'ng bo'lib o'tgan bahslar natijasini keltirib o'tamiz. 

Qatar - Livan 2:0
Tailand - Bahrayn 1:0
Iordaniya - Suriya 2:0
BAA - Hindiston 2:0
Avstraliya - Falastin 3:0
Xitoy - Filippin 3:0
Janubiy Koreya - Qirg'iziston 1:0
Eron - Vetnam 2:0
Iroq - Yaman 3:0
Saudiya Arabistoni - Livan 2:0
Qatar - KXDR 6:0
Yaponiya - Ummon 1:0
O'zbekiston - Turkmaniston 4:0

Musobaqaning ochilish o'yinidan boshlab O'zbekiston - Ummon bahsini ham qo'shib hisoblaganda bungacha 11ta o'yin o'tkazilgan bo'lib, shundan beshtasida tomonlardan biri gol ura olmagandi. 6ta uchrashuvda esa raqib darvozasiga to'p kiritish har ikki jamoaga nasib etgan. Lekin bizning 1-turdagi o'yinimiz bo'lib o'tganidan beri qiziq statistika davom etib kelyapti. 

Shu o'rinda bir savol tug'iladi: qatorasiga 13ta o'yinda bir jamoaning gol urib ikkinchisi ura olmasligi shunchaki tasodifmi yoki jamoalari orasidagi tafovutdanmi?

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia