Osiyo Kubogi-2019 chiptalari 30 iyul kuni sotuvga chiqadi

Xayrulla Xoliqov
23 iyul 2018, 13:50
OFK rasmiy sayti Osiyo Kubogi uchun chiptalar sotuvi 30 iyuldan yo'lga qo'yilishini ma'lum qildi.

Musobaqa tashkiliy qo'mitasi a'zolari Kuala Lumpurda yig'ilish o'tkazib, chiptalar bilan bog'liq masalalarni muhokama qilishdi. Ma'lumki, navbatdagi Osiyo Kubogi 2019 yilning 5 yanvaridan 1 fevraliga qadar BAAda o'tkaziladi. O'yinlar jami 8ta stadionda bo'lib o'tadi.

Chiptalar narxi musobaqa bosqichiga qarab uch xil toifaga ajratilgan.

Guruh bosqichi. 3-toifa - 25 dirham (6,75 dollar/52,650 so'm), 2-toifa - 50 dirham (13,5 dollar/105,300 so'm), 1-toifa - 75 dirham (20,25 dollar/157,950 so'm).

Chorak final. 3-toifa - 50 dirham (13,5 dollar/105,300 so'm), 2-toifa - 75 dirham (20,25 dollar/157,950 so'm), 1-toifa - 150 dirham (40,5 dollar/315,900 so'm).

Yarim final. 3-toifa - 50 dirham (13,5 dollar/105,300 so'm), 2-toifa - 75 dirham (20,25 dollar/157,950 so'm), 1-toifa - 150 dirham (40,5 dollar/315,900 so'm).

Final. 3-toifa - 75 dirham (20,25 dollar/157,950 so'm), 2-toifa - 150 dirham (40,5 dollar/315,900 so'm), 1-toifa - 300 dirham (81 dollar/631,800 so'm).

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com