Osiyo Kubogi-2015 saralash. “S” guruhiga nazar

Narzulla Saydullayev
5 mar 2014, 14:39
Bugun Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqichining oxirgi tur uchrashuvlari o'tkaziladi.
“S” guruhida Iroq Xitoyni qabul qilsa, chempionat yo'llanmasini hal qilib bo'lgan Saudiya Arabistoni o'z maydonida Indoneziya bilan bahs olib boradi.

Hakim Shakir (Iroq bosh murabbiyi): “Agar Xitoyni mag'lub etsak, Osiyo Kubogiga yo'llanma olamiz. Men shogirdlarimning bugungi holatidan mamnunman va biz bugungi o'yinga tayyormiz. Xitoy – yaxshi jamoa, lekin ularni mag'lub etsa bo'ladi”.

Alan Perrin (Xitoy bosh murabbiyi): “Biz tavakkal qilib durang uchun o'ynamoqchi emasmiz. Maqsad - safardan uch ochko bilan qaytish. Biz bu juda yaxshi tayyorgarlik ko'rdik va endi buning mevasini ko'rmoqchimiz”.

Alfred Ridl (Indoneziya bosh murabbiyi): “Raqibimiz allaqachon masalani hal qilib bo'lgan. Shunga qaramay, o'yin qiziq bo'ladi deb o'ylayman. Saudiya - Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri va ularga qarshi to'p surish oson emas”.

Xuan Ramon Lopes Karo (Saudiya bosh murabbiyi): “Indoneziya bilan kechadigan bahs biz uchun juda muhim. Bosqichma-bosqich ko'tarilish uchun ham g'alaba qozonmasak bo'lmaydi. O'ylaymanki, oxirgi paytlarda yaxshigina o'sishga erishdik”.

Iroq – Xitoy (19:00)
S.Arabistoni – Indoneziya (22:30)

Jamoalar

O'

YU

D

M

TK

TO'

+/-

O

Saudiya Arabistoni

5

4

1

0

8

3

5

10

Xitoy

5

2

2

1

4

3

1

8

Iroq

5

2

0

2

3

4

-1

6

Indoneziya

5

0

1

4

2

7

-5

1



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia