Rasman: "Osasuna" "Barselona" hujumchisining transferini e'lon qildi

Alisher
26 iyun 2019, 12:37
"Barselona" hujumchisi Mark Kardona faoliyatini "Osasuna"da davom ettiradi.

23 yoshli forvardning transferi uchun 2,5 million to'landi. Bitim esa 2023 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.

Shartnomada ispaniyalik futbolchining tovon puli 14 million evro deb ko'rsatilgan.

Mark Kardona 2018/19 yilgi mavsum ijara asosida "Eybar"da harakat qildi. Futbolchi 19ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/caosasuna