"Oq-tepa": Yoshlarimiz mavsumni g'alaba bilan yakunladi

Narzulla Saydullayev
29 okt 2013, 14:43
O'tgan hafta Toshkent shahar birinchiligi bahslariga yakun yasaldi.
Musobaqada ishtirok etgan “Oq-tepa-2” mavsumni g'alaba bilan yakunladi. Chempionatning so'nggi turida “Nosta” mehmoni bo'lgan yoshlarimiz birgina aniq zarba tufayli g'alaba nashidasini surishdi. Davron Komilovning 84-daqiqada kiritgan goliga maydon egalari javob qaytara olishmadi – 0:1.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru