"Oq-tepa": 9 nafar futbolchi bilan xayrlashdik

Narzulla Saydullayev
21 iyul 2014, 14:51
Kecha xabar berganimizdek, O'zbekiston Birinchiligining birinchi bosqich o'yinlari yakunlangach jamoamizni bir qator futbolchilar tark etdi.
Xususan, Artur Parvanov, Doniyor Usmonov, Nikita Sviridov, Shohruh Eshbo'taev, Farhod Miraahmatov, Nodir Sadullaev, Xurshid Yo'ldoshev Nabijonovich kabi o'yinchilar bilan tuzilgan shartnoma o'zaro kelishuvga ko'ra bekor qilindi. Nikita Pavlenko ("Olmaliq") va Alisher Shog'ulomov (“Lokomotiv”) mavsumning ikkinchi qismini boshqa klublar safida o'tkazadigan bo'ldi.

“Oq-tepa” futbol klubi jamoani tark etgan o'yinchilarning keyingi faoliyatiga omad tilaydi!

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oq-tepa.uz